BOSHLANGʻICH TA'LIMDA SIFAT VA SAMARADORLIKNI OSHIRISHNING ASOSIY OMILLARI
Authors/Creators
Description
XXI asrga kelib Oʻzbekiston Respulikasi boshlangʻich ta’lim tizimida juda koʻp
oʻzgarishlar amalga oshirildi. Yangiliklarning kiritilishi ta’lim sifatini xalqaro talablar darajasiga
yetkazishdan iborat. Hozirda ta’lim toʻgʻrisida qabul qilinayotgan koʻplab me’yoriy-huquqiy
hujjatlarning zamirida ham boshlangʻich ta’limga yangicha yondashuvni olib kirish va sifat
samaradorlikni oshirish asosiy maqsad qilib belgilangan. Jumladan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022‒2026-yillarga moʻljallangan ”Yangi
Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” toʻgʻrisidagi 2022-yil 28-yanvardagi 60-sonli Farmonida
qator maqsadlar berilgan boʻlib, ta’limda qator zamonaviy yangiliklarni olib kirishga qaratilgan
vazifalar belgilangan:
maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta’limi tizimida
qoʻshimcha 1,2 million oʻquvchi oʻrni yaratilishi;
davlat oliy ta’lim muassasalariga akademik va moliyaviy mustaqillik berish, shu
jumladan ular tomonidan mehnatga haq toʻlash, xodimlar soni, toʻlov-kontrakt miqdori va ta’lim
shaklini mustaqil belgilash amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
2026-yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS va TNE xalqaro
reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash;