BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING DARS MASHG'ULOTLARI JARAYONIDA MA'NAVIY – AXLOQIY SIFATLARINI TARBIYALASHDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARDAN FOYDALANISH
Authors/Creators
Description
Bugungi kunda O‘zbekistonda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dars mashg‘ulotlari jarayonida ma’naviy - axloqiy sifatlarini tarbiyalash ta’lim-tarbiya masalalari dolzarblik kasb etmoqda. Chunki boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dars mashg‘ulotlari jarayonida ma’naviy- axloqiy sifatlarini tarbiyalashda milliy merosimizdan foydalanishda ta’lim va tarbiyaning roli kattadir. Respublikamizda 2020-yil 23-sentabrdagi yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunni qabul qilinganligi, maktab ta’lim tizimining ma’naviy - axloqiy tarbiyasida muhim ahamiyatga ega.
Natijada, mamlakatimizda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dars mashg‘ulotlari jarayonida ma’naviy - axloqiy sifatlarini tarbiyalashda milliy merosimizdan foydalanishda ta’lim va tarbiya hozirga qadar stixiyali ravishda amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risi”dagi PF-5712-sonli farmoniga muvofiq o‘quvchilarning tabiiy savodxonligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ta’lim jarayoniga o‘qitishning innovatsion shakl va usullarini joriy etish maqsadida