TEXNOLOGIYA FANINI UMUMIY OʻRTA TA'LIM VA OLIY TA'LIM BILAN INTEGRATSIYALASH OMILLARI
Description
Ushbu maqolada texnologiya fanini umumiy oʻrta ta’lim va oliy ta’lim bilan integratsiyalash omillari yoritilgan. Bu esa, zamonaviy intelektual insonni tarbiyalashda integrativ ta’limning barcha jihatlari (aqliy, axloqiy, iqtisodiy, mehnat, estetik, gigienik, huquqiy, jismoniy tarbiya) ni qamrab oladi va ularning oʻzaro bogʻliqligini ta’minlaydi. Integrativ ta’lim jarayonida oʻquvchi, olamining yaxlitligini, koinot, tabiat qonunlarini, tabiat, jamiyat va insonlarning oʻzaro munosabatlari haqida har tomonlama bilimlarga ega boʻlib kamol topadi. Tabiat goʻzalligini his qila olish, undan zavqlanish, e’zozlash koʻnikmalariga ega boʻladi. Ta’limning globallashuvi sharoitida fanlararo uzviylikni kengroq qoʻllash ayni zaruriyatdir. Ta’limning uzviylik tamoyiliga tayanish ta’lim muassasalari oʻquv jarayoni uchun tatbiqiy tus olishi lozimligini koʻrsatadi. Shuningdek, maqolada uzluksiz professional ta’lim muassasalari maqsad va vazifalaridan kelib chiqib ularni toifalar boʻyicha tahlil etib oʻtdik.
Files
MAMAJONOVA .pdf
Files
(1.3 MB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:34bf38d3dd517c0637139eee1d9a2c06
|
1.3 MB | Preview Download |