ABDURASHID IBROHIMNING "OLAMI ISLOM VA YAPONIYADA ISLOMNING TARQALISH" ASARIDA XX ASR BOSHLARIDAGI TOSHKENT TARIXI
Authors/Creators
Description
Tarix sohasida qilingan biror-bir ish, shu ishga aloqador boshqa bir qilinadigan
tadqiqotga yoʻl ochadi. Chunki tarix sohasidagi tadqiqotlar oʻtmishda aslida nima boʻlgan
degan savolga toʻlaligicha javob bera olmaydi. Shu sababdan tarixni yozish oʻtmishni
yozadigan boshqa qoʻlga yangittan ehtiyoj tug‘diradi. Xulosa shuki, bu maqolamizda tarixning
butun haqiyqatlarini ochib berish davosidan yiroqmiz. “Abdurashid Ibrohimning “Olami islom
va Yaponiyada islomning tarqalishi” nomli bu maqolamizning diqqatni tortadigan jihati XX asr
boshlarida Rossiya musulmonlarining koʻzga koʻringan nomlaridan biri Abdurashid Ibrohim
va uning Turkiston amalga oshirgan sayohatlari va bu sayohatlar natijasida yozilgan toʻliq
nomi “Olami islom va Yaponiyada islomning tarqalishi” nomli asarida XX asr boshlaridagi
Toshkent tarixini tadqiq qilishdan iborat hisoblanadi.