ZAMONAVIY INFORMATIKADA AXBOROT XAVFSIZLIGI SOHASIDAGI BILIMLARNING RIVOJLANISHI
Authors/Creators
Description
Axborot xavfsizligi masalalari bilan Qadimgi Misrda, Yunonistonda, O‘rta asrlarda, Uyg‘onish davrida, XX asrdagi jahon urushlari davrida ko‘rib o‘rganila boshlagan. Ammo axborot xavfsizligi sohasining jadal rivojlanishi XX asr oʻrtalarida kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan boshlandi. Iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan IV sanoat inqilobi davriga o‘tish mukammal axborotlashtirishga olib keldi, axborot texnologiyalari zamonaviy jamiyat hayotiga kirib bordi, istalgan turdagi faoliyat sohasiga mustaxkam o‘rnashib oldi.