ЎЗБЕКИСТОН ДАВЛАТ САНЪАТ МУЗЕЙИ РАНГТАСВИР КОЛЛЕКЦИЯСИНИНГ ЭЛЕКТРОН КАТАЛОГ ПЛАТФОРМАСИНИ ЯРАТИШ: ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА НАТИЖАЛАРИ
Authors/Creators
Description
Jahon san’atshunosligida rangtasvirni tadqiq etishda milliy о‘ziga xoslik, badiiy jarayonlar xususiyatlari va yorqin fenomenlar ijodi tahlili asosiy maqsad qilib qо‘yilmoqda. Keyingi paytda XX-asr san’ati rivojiga hozirgi davr talablari asosida yondashib, milliy san’at xususiyatlarini kо‘rsatib berish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. San’at tarixidagi muayyan davrlar yetarlicha о‘rganilgan bо‘lsa-da, lekin muzey kolleksiyalarida saqlanayotgan rassomlar asarlari deyarli ilmiy-ommaviy nashrlarda tahlil etilmagan. Mavjud manbalarni о‘rganish hamda respublika muzeylaridagi XX-asr milliy rangtasvir kolleksiyalari shakllanishi tarixini tahlil qilish noma’lum bо‘lib kelgan rangtasvir asarlarini san’atshunoslik ilmiga kiritishning eng muqobil yо‘li hisoblanadi. О‘zbekiston davlat san’at muzeyida rangtasvir kolleksiyasining elektron ilmiy katalogi loyihasi madaniy merosni о‘rganishda katta ahamiyatga ega bо‘lib, loyihani amalga oshirish natijasida О‘zbekiston muzeylaridagi eskponatlar ilmiy о‘rganiladi, ularning ilmiy pasportlariga yangilangan ma’lumotlar kiritiladi. Shuningdek, tayyorlangan elektron kataloglashtirish orqali internet saytlari orqali eksponatlar bilan umumiy tanishuv imkoniyatlarini rivojlantiradi.
Files
+Нигора_Култашева_Электрон_платоформа28.10 (1).pdf
Files
(272.3 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:d31b5381ad4bc5ef34e9a658928aacf4
|
272.3 kB | Preview Download |