Published May 13, 2023 | Version v1

JANUBI-G'ARBIY QIZILQUMDA OVLANADIGAN QUSHLAR FAUNASINING TAKSONOMIK TAHLILI

Description

Maqolada Janubiy-G‘arbiy Qizilqum va unga tutash hududlarda ovlanadigan qushlarning turlar tarkibi, yetakchi turkum, oilalar spektri, taksonomik tarkibi tahlil qilingan. Janubiy-G‘arbiy Qizilqum va unga tutash hududlarda ovlanadigan qushlarning 7 ta turkum, 9 ta oila, 28 ta turi uchrashi aniqlandi. Qushlarning ovlashga, xususan, ov turizmi bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqishning yildan-yilga oshib borishi sababli ovchilik xo‘jaliklarini yuritish tizimini takomillashtirishga, ovlanadigan qush turlarni maxsus ko‘paytirishga va muhofaza qilishga hamda sohada ilg‘or tajribalarni joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda[1]. Bu borada, jumladan, ovchilik xo‘jaliklarini yuritish, ov qilishni tashkil qilish, ovlanadigan qush turlarni maxsus ko‘paytirish orqali ularning barqarorligini saqlash va ov turizmini joriy etish yo‘li bilan xo‘jalikning iqtisodiy samaradorligini oshirish takomillashtirildi[3].

Files

EJAR0552.pdf

Files (743.9 kB)

Name Size Download all
md5:bee3ac74060ecd9f53857ea09945cc09
743.9 kB Preview Download