Published May 2, 2023
| Version pdf
Conference paper
Open
DIDAKTIK VOSITALARDAN FOYDALANISHNING MAZMUNI, TURLARI VA IMKONIYATLARI
Authors/Creators
Description
Ma’nan barkamol shaxs uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarida shakllanib boradi. Shunga ko‘ra respublikada ta’lim tizimi yangilandi, yangilangan ta’lim tizimiga xos ta’lim mazmuni, ta’lim maqsadi, ta’lim vazifalari o‘zgartirilib, ularning mohiyat-mazmuni demokratiyalashtirildi va insonparvarlashtirildi. Yangilangan ta’lim mazmuniga xos ta’lim texnologiyalari va ta’lim vositalarini yaratish zaruriyati tug‘ildi. Zero, barkamol inson shaxsini har tomonlama rivojlantirishda ta’lim mazmuni, ya’ni real borliqdagi voqealar, hodisalar, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini yosh avlod ongiga yetkazishda ta’lim vositalari muhim omil hisoblanadi.