Published May 2, 2023 | Version pdf

O'QITUVCHILARNING IXTIROCHILIK VA INNOVATSION PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Description

Respublikamiz ta’lim tizimi, jumladan umumiy o‘rta ta’lim mazmuni ham “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida bosqichma-bosqich yangilab borilmoqda.

Ko‘plab ta’lim sohalarida bo‘lgani kabi ta’lim oluvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishda ham innovatsion jarayonlar nazariya va amaliyoti o‘rtasidagi munosabatlarda prinsipal yangi shakl va mexanizmlarni joriy etishni taqozo etadi. Bunday shakl va mexanizmlardan fanga oid innovatsion banklar, inovatsion dasturlarni  amalga oshirish markazlari, ilmiy-amaliy markazlarni tashkil etish ko‘zda tutiladi.

Innovatsion yangiliklarni sezish, anglash har qanday o‘qituvchiga  ham  xos bo‘lavermaydi. Bu yerda eng asosiysi o‘qituvchining o‘zi yangilikni sezishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi kerak. O‘qituvchining innovatsion faoliyati ta’lim-tarbiya jarayonida paydo bo‘ladigan muammolarni tezda aniqlab olishga undaydi. Muammolarni aniqlash va tezda bartaraf etish imkoniyatlarini qidirish bu tamomila yangi innovatsion madaniyatni, innovatsion falsafani shakllantiradi.

Files

BEST....O‘QITUVCHILARNING IXTIROCHILIK VA INNOVATSION PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI.pdf

Files (707.0 kB)