O'SMIRDA DIQQAT BARQARORLIGI, O'QITISHNING MAZMUNDORLIGI, MANTIQIYLIGINI OSHIRUVCHI OMIL SIFATIDA
Authors/Creators
Description
O‘smir yoshdagi bolalarning o‘qish jarayoni uchun diqqatning ma’lum darajada kuchli va barqaror bo‘lishi talab qilinadi. Diqqat barqarorligining o‘sishiga bola ongining mazmunan boyishi va ular tafakkurining o‘sishi katta yordam beradi. O‘smirlarda har xil narsalarni bilishga qiziqish, ko‘p narsalarni mustaqil bajarishga nisbatan jo‘shqin g‘ayrat, istak uyg‘onadi. Bu bir tomondan diqqatning to‘planishi
va barqarorligining oshishiga yordam beradi. Ikkinchidan parishonxotirlik yengil chalg‘ish hollarini keltirib chiqaradi, bunda o‘smirni faol jalb etishgina unda diqqatning holatini aniqlash, uni dars materialiga yo‘naltirish imkonini beradi.