ONLINE ARBITRAJ JARAYONLARINI OLIB BORISHNING HUQUQIY TARTIBI
Authors/Creators
- 1. Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 3-kurs talabasi
Description
Mazkur maqolada online arbitrajning muhim jihatlari va undagi jarayonlarining olib borilishi va uning huquqiy tartibi haqida muhokama qilindi. Ushbu mavzuda olib borilgan izlanishning muhimligi shundaki, hozirgi kunda online arbitraj sohasi keng tarqalib bormoqda va undagi jarayonlar va uning ijro masalalari, huquqiy asoslari borasida muhokamalar mavjud boʻlib, ushbu maqola shu kabi savollarga javob berish uchun asos boʻlishi mumkin. Shu bilan birgalikda online arbitrajning huquqiy jarayonlarini oʻrganish bilan bir jarayonda ananaviy arbitraj qoidalari ham oʻrganilib ikkalasi solishtirildi. Shuningdek, ushbu maqolada online arbitrajning turlari haqida ham izlanish olib borilgan va ularning farqli va oʻxshash, ijobiy va salbiy jihatlari oʻrganilib chiqildi. Ush u maqollarni yozishda xalqaro xujjatlar va ularning rasmiy sharxlaridan, chet el olimlarining shu sohadagi ilmiy izlanishlaridan foydalanildi.