HOZIRGI NEMIS TILIDA FE'L NISBATI TALQINI
Authors/Creators
Description
Til tuzilmasida til birliklari uning tuzilishini tashkil qilib, o’z navbatida ushbu til
birliklari ham muayyan tizim va tuzulishga ega. Shu ma’noda fe’l va uning kategoriyalari ham
til tizimida muhim ahamiyatga ega. Ushbu uzviylik fe’l doirasida muayyan tizim va tuzilmani
tashkil etadi. Albatta, muayyan tuzilmani tashkil qilgan til birligining formal va ma’no jihatlari
bilan bog’liq. Bunda muayyan til birligining boshqa til birliklari bilan o’zaro aloqasida
namoyon bo’ladi. Binobarin, fe’l so’z turkumining barcha kategoriyalari, shu jumladan, nisbat
kategoriyasi til tizimida, qolaversa til tuzilmasida o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan tuzilmani
tashkil qiladi. Ushbu tuzilma o’z navbatida ma’lum modellarga ega. Bu modellar muayyan
ifoda va mazmun planiga ega.