Published April 8, 2023 | Version v1
Book Open

NAQQOSHLIK

  • 1. Termiz davlat pedagogika instituti

Description

Termiz davlat pedagogika instituti 60111200 - «Tasviriy san’at va 
muhandislik grafikasi» ta’lim yo‘nalishi bakalavr talabalari uchun 
mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma .

4 
 
KIRISH 
 
Qadimda odamlar yashayotgan maskanlariga, devor-u toshlarga 
ov  jarayonlari,  jang-u  jadallar,  bazmlar,  tantanali  marosimlarni  aks 
ettirganlar.  Jumladan,  Afrosiyob,  Varaxsha,  Bolaliktepa  va  boshqa 
obidalar  qoldiqlari  shundan  dalolat  beradi.  Keyinchalik,  ayrim 
sabablarga  ko‘ra  tirik  mavjudotni  aks  ettirish  taqiqlab  qo‘yildi. 
Shuning  uchun  tasviriy  san’at  o‘rnini  o‘simliksimon,  geometrik 
naqshli bezaklar egalladi.  
Rang-barang,  o‘simliksimon,  geometrik  naqshlar,  ularning 
o‘zaro  joylashishida  chuqur  mazmun  singdirilgan.  Tasvirlangan 
naqshlarda  ramziylik  ustivordir.  Ota-bobolarimiz  qadimiy  obidalarni 
nafis  naqshlar  bilan  bezar  ekanlar,  zavq  olish  bilan  bir  qatorda  ular 
orqali  o‘z  orzu-umidlarini,  muhabbatlarini,  tilaklarini  kuylaganlar. 
Naqqosh  ota-bobolarimiz  inson  ruhiyatini  juda  chuqur  va  har 
taraflama  o‘rganib,  uylarni  ajoyib  naqshnigorlar  bilan  boyitganlar. 
Naqshlangan  uyda  kishilar  xotirjam,  ruhiy  osoyishtalik  og‘ushida 
bo‘lishi,  uzoq  umr  ko‘rishini  donishmand  bobolar  asrlar  davomida 
hayotiy tajribalar asosida ilg‘aganlar.  
Keksa ustalarimizning aytishlaricha, qadimda naqqoshlik san’ati 
shunchalik rivojlangan ekanki, ular chizgan yoki bo‘yagan naqshlari 
orqali bir-birlari bilan unsiz ovozda gaplasha olar ekanlar. Naqqoshlik 
san’ati  tilini  bilish  uchun  naqshning  har  bir  unsuri  va  ranglarining 
ramziy alifbosini bilmoq kerak bo‘lgan.  
Alisher  Navoiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Al-
Xorazmiy,  Nizomiy  Ganjaviy,  Amir  Xusrav  Dehlaviy,  Kamoliddin 
Behzod,  Maoniy,  Firdavsiy,  Umar  Xayyom,  Bobur  kabi  jahonga 
mashhur  olim,  shoir  va  naqqoshlar  binolarimizni  kishilar  xayolini 
o‘ziga  tortuvchi,  tabiatning  go‘zal  manzaralariga  monand  naqshlar 
bilan  bezashga  chaqirganlar.  Kishilarni  go‘zallik  bilan  yaqin  do‘st, 
birodar  bo‘lishga  undaganlar.  Arab  imlosi,  g‘azal,  bitiklar,  naqshlar, 
me’moriy obidalar, tasviriy san’atning islimiy-tilsimiy turlari eshitish 
va  ko‘rish  a’zolarimiz  orqali  ruhimizga  hissiy  quvonch  olib  keladi. 
Islom  madaniyati  ijod  dasturida  fikr  va  narsalarning  shakl  yaxlitligi 
ramziy-tilsimiy mazmun qobig‘iga o‘ralgan. Naqsh, chodirga o‘ralgan 
ayolga o‘xshaydi. Naqsh-haqqoniyatni qo‘l bilan ushlab ko‘rish emas, 
go‘zallikning  mohiyatini  anglash,  shu  go‘zallikni  dilda  tasdiqlash, 

Files

NAQQOSHLIK 2022.pdf

Files (6.3 MB)

Name Size
md5:0ff5ef8ceeb1c98cac1b2a83f5d13a75
6.3 MB Preview Download