YOSHLAR MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ULAR O'RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH
Authors/Creators
Description
Bugungi kunda yoshlar ta’lim vatarbiyasi davlat siyosatining dolzarb masalalaridan biriga aylanganligi hech kimga sir emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o’zgarishlar zamirida har tomonlama barkamol -jismonan sog’lom, aqlan yetuk, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod to’g’risida g’amxo’rlik qilish ustuvor maqsadlarimizdan biri hisoblanmoqda. Jumladan, yoshlar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ular orasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishdan asrash, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’kazishni ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalarni o’z vaqtida bajarish lozim.