Published February 7, 2023
| Version v1
Journal article
Open
XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA O'ZBEK MILLIY CHOLG'ULARI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida O‘rta Osiyoga kelgan sayohatchilar bu yerdagi milliy musiqa cholg‘ularining rang-barangligi va turlarining ko‘pligini ko‘rib hayron qolishgan. Ular Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan yerlardan tashqari, hukumat qo‘shinlarining oyog‘i yetib bormagan tog‘li hududlarga ham borishga muvaffaq bo‘lishgan va turli joylardan musiqa cholg‘ularini arzon garovga sotib olib o‘z kollektsiyalarini yaratishgan. Ushbu sayohatlar davomida O‘rta Osiyodan olib ketilgan musiqa cholg‘ularining juda katta qismi Sankt Peterburgdagi Etnografiya instituti qoshidagi Pyotr I nomidagi muzeyida jamlangan.