IN VITRO MIKROKLONLI KO'PAYTIRISH TEXNOLOGIYASI YORDAMIDA OLINGAN DORIVOR STEVIYA (STEVIA REBAUDIANA BERTONI) O'SIMLIGI TARKIBIDAGI STEVIOZID MIQDORINI ANIQLASH
Authors/Creators
Description
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Hozirgi vaqtda 15 dan ortiq rivojlangan davlatlar (АQSh, Аngliya, Fransiya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Kanada, Rossiya, Ukraina va boshqalar) Stevia rebaudiana o’simligining yirik plantatsiyalarini tashkil qilib, qandolatchilik, shirin ichimliklar, parhez taomlar, konservalar va dori-darmon tayyorlashda keng miqyosda foydalanib kelmoqdalar. Respublikada dorivor oʼsimliklar genofondini saqlash, farmatsevtika sanoatini rivojlantirishda innovatsion usullar yordamida dori darmonlarni ishlab chiqarishda yaʼni diabet, semizlik, gepertoniya, ateroskleroz, yurak qon-tomir, organizmdan radionuklidlarni chiqarish va boshqa kasalliklarni oldini olish va davolashda qoʼllash uchun preparatlar yaratish maqsadida bir qator ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda.