Published January 30, 2023 | Version v1

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TALABA QIZLARNI RAHBARLIK LAVOZIMLARIGA TAYYORLASHNING AMALDAGI HOLATI TAHLILI

Description

Maqolada Oliy ta’lim muassasalarida talaba qizlarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlashning dolzarbligi, ahamiyati va amaldagi holati tahlili atroflicha yoritilgan. O‘zbekistonda ijtimoiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida xotin-qizlarga yashash, o‘qish va ish sharoitlari uchun qulay shart-sharoit yaratish dolzarb masala hisoblanadi. 

O‘zbekistonda ayollarning izchil islohotlar jarayonidagi, davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki kuchayib borayotgani ularga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan mustahkam qonunchilik bazasining amaliy ifodasidir.

Respublikada so‘nggi besh yil davomida davlat va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlarning ulushi sezilarli oshdi. Ayollar ijtimoiy himoyalash tizimining ajralmas qismiga aylandi. "Ayollar daftari"ga o‘xshash ijtimoiy ko‘mak dasturlari xotin-qizlarni hech bir narsaga muhtoj bo‘lmasligini ta’minlashga, jamiyatning faol ishtirokchisi sifatida faoliyat yuritishi masalalari yoritilgan.   

Files

ABLYAKIMOVA Refide Izmerovna II.pdf

Files (2.4 MB)

Name Size
md5:0f67e450503ab5f803ef54378805a53f
2.4 MB Preview Download