KOREYS TILIDA MUROJAAT BIRLIKLARINING LEKSIK-NAZARIY ASOSLARI
Description
Koreys tili barqaror murojaat shakllariga boy til bo‘lib, buni koreyslar suhbat jarayonida tez-tez hissiyotlarga to‘la murojaat atamalaridan foydalangan holda gapirishini eshitishdan ham bilish mumkin. Ma‘lumki, nutqning odob-axloq me‘zonlariga asoslangan bo‘lishida murojaat so‘zlari muhim rol o‘ynaydi. Suhbatdoshga ko‘ra murojaat shakli so‘z yoki so‘zlar guruhidan tarkib topadi. Aynan murojaat so‘zlarining yordami bilan suhbat jarayonida nutqni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli va jozibador shaklda yetkazib beriladi. Koreys tilida murojaat birliklaridan har bir sohada keng va samarali foydalaniladi. Korxona misolida olib qaraydigan bo‘lsak, har bir lavozim o‘z nomiga va uni aytib chaqiriladigan murojaat terminiga ega. Bu boshqa ko‘plab tillarda uchratish qiyin bo‘lgan lisoniy holatdir. Ushbu maqola murojaat birliklarining yuqorida keltirib o‘tilgan barcha nozik xususiyatlari o‘rganib chiqilganligi bilan ham ahamiyatlidir.