Published January 15, 2023 | Version v1

O'ZBEKISTONDA YOSHLAR PORTAL LOYIHASINI YARATISHDA XORIJIY TAJRIBANI O'RGANISH VA AMALIYOTGA JORIY ETISHNING AHAMIYATI

  • 1. Biznes va Tadbirkorlik oliy maktabi

Description

XXI asrning ilk yillaridan boshlab olimlar va siyosatchilar davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xarakterini modernizatsiyalashga katta ahamiyat berishmoqda. “Modernizatsiya” iborasiga berilayotgan tariflar xilma- xilligi bo‘lishiga qaramay, ularning  asl ma’nosi – “elektron hukumat”ga shaxsiy ehtiyojlar, aholi va tijorat, ijtimoiy jarayonlar nazorati, yoshlar va aholining boshqa qatlamlarining munosabatlari uchun davlat organlari faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni joriy etish orqali davlat boshqaruvining yangi imkoniyatlarini yaratishni anglatadi. Bugungi kunda juda ko‘plab sohalarda bo‘lgani kabi yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlashda portal va veb-sahifalar yaratilgan va ushbu portal va veb-sahifalar butun dunyodagi yoshlarning barcha jarayonlardagi ishtiroki va munosabatlarini, yutuq va kamchiliklarini o‘zida aks ettirib boradi va mavjud muammolar, to‘siqlarga qarshi kurashish uchun o‘z imkoniyatlari darajasidan foydalanadi. Xalqaro yoshlarning  o‘zaro munosabatga kirishuvida yoshlar portallari juda ko‘plab ijobiy ustunliklarga egaligi, hamda jamiyat va hukumatda yoshlarning o‘zaro ishtiroki va jarayonlarga munosabat bildirishida muhim o‘rin egallab kelmoqda. Bu o‘z navbatida demokratik jamiyatning takomillashuviga, ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish va davlatning xalqi va kelajagi bo‘lgan yoshlar oldidagi mas’uliyatining yanada oshishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli xalqaro darajadagi  yoshlar masalari bo‘yicha islohotlarning ijobiy ko‘rinishlari O‘zbekistonda joriy etish maqsadga muvofiq bo‘ladi va bu taraqqiyotning kaliti bo‘lib xizmat qiladi.

Files

151-154.pdf

Files (626.8 kB)

Name Size
md5:ed40de97058e1b5a9aed1c74d49117a0
626.8 kB Preview Download