Published December 12, 2022 | Version v1

MANZARALI OʻSIMLIKLAR BIOLOGIK XUSUSIYATLARI HAMDA AGROTEXNIK TALABLARI

Description

Manzarali oʻsimliklar, dekorativ oʻsimliklar — kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishda foydalaniladigan turli botanik oilalarga mansub madaniy va yovvoyi oʻsimliklar guruhi. Manzarali oʻsimliklar shahar va qishloqlarni koʻkalamzorlashtirish, istirohat bogʻlari, ijtimoiy, ishlab chiqarish binolari va turar joylarni bezatish, guldastalar yasash uchun oʻstiriladi. Chiroyi, barglari, gullari, mevalari rangi, tanasining gʻaroyib shakllari (shoxlari osilgan, soyabonsimon, us-tunsimon) bilan tavsiflanadi. Bir qator belgilariga, mas, hayot shakliga koʻra — daraxtlar, butalar, chala butalar, oʻt oʻsimliklarga, poyasi shakliga koʻra, tik oʻsadigan, ilashib oʻsadigan, pastak, yoyilib oʻsadigan, osilib oʻsadigan va boshqalarga boʻlinadi. 

Files

ZDTF2605.pdf

Files (495.1 kB)

Name Size
md5:63e48abdb0d7faeda8d8e2ce2f58ebff
495.1 kB Preview Download