Published November 19, 2022 | Version v1

ZAFARON (CROCUS SATIVUS) YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI

Description

Zafaron (Crocus sativus)-Gulsafsarguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻtsimon tuganak piyozli oʻsimlik yovvoyi holda uchramaydi. Piyozining diametri 1-2 santimetr. Bargi 5-15 ta, och sariq rangda eni 2 mm, tuksiz. Guli 1-4 ta, gultoji oqish, pastki qismi (tashqi tomondan) binafsha rang, uzunligi 2-4 sm. Changchilari gulqoʻrgʻondan qisqa. Koʻsagi choʻziq, eni 6-7 mm. Fevral-iyulda gullaydi, aprel-avgustda meva beradi. Tarkibida efir moyi boʻlgani uchun hidi juda oʻtkir va yoqimli, 90-100 ming dona zafaron gulidan 1 kg qurigan gul tumshuqchalari olinadi. Zafaronning tarkibida 10-12 % suv, 5-7 % mineral moddalar, 5-8 % moy va mum, 12-13 % oqsil va eng oz miqdorda yogʻ ekstraktidan iborat oʻziga xos va xushboʻy yoqimli moddalardan tarkib topgan.

Files

article202201255.pdf

Files (507.0 kB)

Name Size
md5:0756323148d76bd8e4752b86a8fcb8e6
507.0 kB Preview Download