HISSIY TOLIQISH SINDROMI VA UNING OMILLARINI NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI
Authors/Creators
Description
Inson idrok etish, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonida faqat voqelikni bilib qolmay, balki hayotdagi u yoki bu narsalarga munosabat bildiradi, unda ularga nisbatan ijobiy yoki salbiy his-tuyg’u uygonadi. Mamnun bo’lish, suyunish, g’azablanish kabilar his-tuyg’ularning kurinishlaridir. His-tuyg’ular kishining o’z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg’ul bo’layotganiga nisbatan o’zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg’ular o’zining kechishiga ko’ra o’zgarib turadigan psixik jarayondir, umuman olganda inson omili bu-inson hayoti va inson psixikasidir, Ushbu maqolada muhim ahamiyat kasb etuvchi tomoni insonni psixologik,ijtimoiy va tibbiyot tomonidan o’rganish, uning ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir