Published July 5, 2022 | Version pdf

BOSHLANGICH SINFDA "ASSESSMENT" TEXNIKASI ASOSIDA O'QUVCHILARNING BILIM, KO'NIKMALARINI ANIQLASH

Authors/Creators

Description

Dars  bilan tarbiya orasida bir oz farq  bor bo’lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining  vujudi biriga  boylangan jon ila tan kabidir. Abdulla Avloniy  Zamonaviy o’qituvchi doimo o’z davridan ancha oldinni  ko’ra bilishi, yoshlarga  ta’lim-tarbiya  berishda  jamiyat  talablari yo’nalishini yaxshi  anglab yetmog’I  lozim. Zero, ta’lim-tarbiya  ishining sifati birinchi navbatda o’qituvchiga , uning nazariy bilimi va pedagogic  mahoratiga  bog’liq. Shunday  ekan, o’qituvchi  malakasini zamon talablariga muvofiq tinmay o’stirib  borishi  talab etiladi .  Barchamizga  ayonki, har bir o’quvchi  qobiliyati, uni  aniqlash,  to’g’ri  yo’naltirish va takomillashtirish  o’qituvchi  faoliyatiga   bog’liq. Bu – pedagogika fani  haqiqatidir. Bugungu  kunda  o’quvchilarni  o’qitish  emas, balki, ularni o’qishga    o’rgatish zarur. Chunki, biz hayotga  bitiruvchilarni emas, balki, maktab ta’lim-tarbiyasini  ko’rgan mustaqil shaxsni  yetkazishimiz  kerakligini muhtaram Yurtboshimiz ko’p   ta’kidlaydilar. Darslarni zamon  talabi darajasida, interfaol  usullarda, innovatsion yo’nalishlarda, turli noan’anaviy  yo’sinda  tashkil etilishi o’quvchilar ongi, dunyoqarashining kengayishiga, mustaqil  fikrlovchi shaxsni, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli  ishtirok  etadigan  fuqaroni shakllantirishga  omil bo’lib xizmat qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari  yoshiga   munosib  o’yinqaroq  va sho’x  bo’lishadi. Ularga  yangi mavzuni  tushuntirishda  faqat bir xil usuldan   foydalanish   bolalarni charchatish va zeriktirishga  olib  keladi.  Shunday ekan, ularga dars o’tishda turli qiziqarli metod va texnologiyalar, didaktik  o’yinlardan  foydalangan  o’qituvchi     o’zlashtirishida samaradorlikka erishiishi tayin. Bunday metodlarning  asosiy  qismi  raqobatga  asoslanganligi  bilan  xarakterlidir. Chunki, qayerda sog’lom raqobat mavjud ekan, o’sha  yerda  albatta  qilingan  ishning  samarasi bo’ladi. Sinf o’quvchilarini   guruhlarga   bo’lib, ularga  alohida  topshiriq  berilsa,  har bir o’quvchi   shu guruhda uning   ham o’rni  borligini  his etadi. Topshiriqlar yakunida  uning  mazmunini  o’quvchilardan   biri taqdimot   etishi   kerakligi, har bir  topshiriqni    o’quvchi   taqdimot  qilishi  lozimligi  tushuntirilsa, past o’zlashtiradigan  o’quvchi   qachondir   uning  ham  gapirish navbati kelishini tushunib yetadi va o’z-o’zidan bunga   tayyorlanib  boradi.  O’qituvchi esa  xuddi  shu  jarayonda  doimo  o’zgalar  panasida yurgan  o’quvchisini  ham  gapirtirishga, yoki, eng  tortinchoq   o’quvchilarni   ham  jamoaga  qo’shilishiga  erishadi. Guruhda   o’z o’rnining  mavjudligini  his qilgan  har  qanday  o’quvchi  keyingi darsga  har tomonlama  tayyor  bo’lib  kelishga  odatlanadi. Darslarni  noan’anaviy  usulda  o’tadigan zamonaviy   o’qituvchining  eng  birinchi  yutug’I   esa  butun sinf  o’quvchilarining  darsga  tayyorlanib kelishi  hisoblanadi. Yuqoridagilarni  e’tiborga  olgan  holda  boshlang’ich  ta’lim  darslarida “Assessment”  texnikasi  mashqlari  asosida  o‘quvchilarning  bilim, ko‘nikmalarini  aniqlash  usullari haqida  fikr  yuritamiz. Darslarni  noan’anaviy   usulda o’tadigan  zamonaviy   o’qituvchining  eng birinchi yutug’I  esa   butun  sinf o’quvchilarining  darsga  tayyorlanib  kelishi  hisoblanadi. Biz har bir darsimizni pedagogik  texnologiya   asosida  otishimiz  darsni  yanada  samarali  bolishiga  olib keladi. Sizga  biz hozir "Assisment"  texnikasidan  matematika  fanidan  qanday  foydalanish  yollari  haqida  misollar keltirib   o`tamiz.  “Assesment” - inglizcha  assessment  so‘zidan   olingan bo‘lib , “baho”, “baholash” ma'nosini  bildiradi. Maqsadi – o‘quvchilarning  bilimini  bir necha xil yondashuvlar   orqali baholash, tahlil qilish, sinab ko‘rishdan va o‘z o‘zini  baholashga  imkoniyat  berishdan  iboratdir.

Undan ma’lum bo’lim  yakunida  o’quvchilarning  bo’limda  o’rganganlarini   baholashda   yoki  darsning  mustahkamlash bosqichida  foydalanish  mumkin. Chizma  orqali  o’quvchilarga  bir necha  topshiriq  beriladi. Ular ma’lum  belgilangan  vaqt  mobaynida  bu savollarga javob yozadilar. Keyin, o’qituvchi slayd orqali  to’g’ri javobni  ko’rsatadi, yoki  o’qib beradi. O’quvchi  esa  o’zini  o’zi  tekshiradi. Chizmadagi  topshiriqlarni o’quvchilar  yoshiga  moslab  murakkab lashtirish  yoki  soddalashtirish   ham mumkin. Masalan “Assesment texnikasi”dagi  har bir topshiriq   tagiga shu topshiriq uchun bo’lib  o’quvchilarga  qo’yilishi mumkin   bo’lgan  maksimal ball yozib qo’yiladi. O’quvchining  ishi  tekshirilganda  shu  ballar asosida baholanadi. Bu ballarni o’qituvchi tanlagan topshirig’idan kelib chiqib oldindan belgilaydi. Slaydda bu texnikani  quyidagicha  tasvirlash mumkin. Test Sirti ko‘pburchaklardan  iborat bo‘lgan  shakl …….. deb ataladi. a) teng tomonli burchaklar b) kupburchak c) ko‘pyoq (1ball) Muammoli vaziyat: Qizcha 26 ta qog‘oz   varag‘idan  3 ta bir xil  bloknot yasadi. Shundan keyin unda 2 ta qog‘oz varag‘i qoldi. Har bir bloknotga  nechta qog‘oz  varag‘I  ishlatildi? (2 ball) Amaliy topshiriq  Rasmga qarab  masala tuzing va uni yeching 85 (2 ball) Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki assisment metodini qollash bilan bolalarni har tomonlamma  mukammal  oziga xos  qilib  tarbiyalaymiz, ular ozlarini ozlari baholashadi. Tabiatshunoslik  faniga  bo`lgan  qiziqishlari ortib borishadi. Ushbu metod  boshlang’ich sinf o’quvchilarining   mustaqil  fikrlashi, o’z fikrini bayon eta olish qobiliyatini shakllantirishi uchun xizmat qiladi. Zamonaviy o’qituvchi  doimo o’z davridan ancha oldinni ko’ra bilishi, yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda  jamiyat  talablari yo’nalishini yaxshi anglab yetmog’I  lozim. Zero, ta’lim-tarbiya  ishining sifati birinchi  navbatda  o’qituvchiga, uning  nazariy bilimi va pedagogik  mahoratiga  bog’liq. Xulosa sifatida shuni  aytishishimiz  mumkinki    harbir darsimizni turli usullarda tashkil etish  bolalarning qiziqishini oshirish  bilan   birga darsning yanada samaradorligini  oshirishga  ham olib keladi

Files

kind.BOSHLANGICH SINFDA “ASSESSMENT” TEXNIKASI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMALARINI ANIQLASH USULLARI.pdf