Published October 20, 2022 | Version pdf

Tabiiy va geologik muhit

Description

Тabiat deganimizda butun borliq, turfa olam, sayyoramizdagi jonli va jonsiz jismlar tushuniladi. Yerning jonli qismiga o’simlik, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar, jonsiz qismiga esa havo, suv va tog’ jinsi qatlamlari kiradi. Ular bir-birlari bilan o’zaro uzviy bog’liqdir. Uning jonli qismi jonsiz qismi tarkibini o’zgartirishda, organik moddalar bilan 92 boyitishda, tuproq va cho’kma foydali qazilma konlarini hosil qilishda qatnashadi. Тabiiy muhitni tashkil qiluvchi asosiy tarkibiy qismlari yer sathining tuzilishi, tog’ jinslari, havo, yer ustki va ostki suvlari, tuproq, o’simlik, hayvonot dunyosi tabiiy muhitning komponentlaridir. Тabiiy muhit komponentlar yig’indisini ifodalovchi tushuncha nemis tilida "landshaft" deb ataladi. Ya’ni "landshaft" sath tuzilishi, geologik zamin, iqlim, suv, tuproqlar, o’simlik turkumi, hayvonot dunyosining bir xilligi bilan ajaralib turadigan, ma’lum ko’rinishga va chegaraga ega bo’lgan yer hududini anglatadi. 

Files

STEP..Tabiiy va geologik muhit.pdf

Files (251.4 kB)

Name Size
md5:839fc0abee9f8a1d4cab6724292a4be4
251.4 kB Preview Download