Published March 25, 2022 | Version v1

QANDLI DIABET KASALLIGI FONIDA YURAK QON TOMIR TIZIMI KASALLIKLARINING KLINIK KECHUV XUSUSIYATLARI

Description

Samarqand davlat tibbiyot instituti klinikasi 1-terapiya bo‘limida QD II tipi aniqlangan  ichki a’zo kasalliklari bilan kasallangan 80 nafar bemor klinik, laborator va instrumental tekshiruvlardan o‘tkazildi. Adabiyotlar tahliliga ko'ra, QD II tip kasalligi ko‘proq ayollarda uchraydi. Bizning tekshiruvimizda ham ayollarda ko‘p bo‘lib, ular 50 (62,5%) nafarni, erkaklar 30 (37,5%) nafarni  tashkil etdilar. Tekshiruvlarimizda  QD kasalligi 50 yoshdan keyin ko‘proq  uchrashi aniqlandi. 50 yoshdan katta kishilar ayollar orasida  46 (92,0%),  erkaklar orasida esa 26 (87,0%) ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Tekshiruvdagi bemorlarning 49 (61,25%) nafarida yurak qon tomir tizimi kasalliklari aniqlandi. Bundan  34 (69,4%) bemorda  gipertoniya kasalligi, 13 (26,5%) bemorda - yurak  ishemik  kasalligi, 2 (4,1%) bemorda – revmatizm, yurak nuqsonlari  aniqlandi.

Files

Fazliddinov Janobiddin Zaynobiddin o’g’li.pdf

Files (734.2 kB)

Name Size
md5:3a046475ebf6095f601315adab879748
734.2 kB Preview Download