MAHALLA BOSHQARUVIDA XOTIN QIZLARNING AHAMIYATI VA O'RNI
Authors/Creators
- 1. Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 2-IDUMI mutaxasis psixologi
Description
O‘zbekistonda mahallaning shakllanish davri juda uzoq
o‘tmishga borib taqalashi bilan birga dunyodagi eng nodir o‘zini-o‘zi
boshqaruv instituti sifatida mashhurligi bilan ham ajralib turadi. Mahallaning
o‘ziga xos falsafiy tomonlari bor-ki, ularda: mahalla joylagan o‘rni, tabiiy
sharoiti, ijtimoiy faollik dinamikasi, resurslari, mehnat munosabatlarining
tashkil etilishi, bandlik, ehtiyojmand aholi qatlami, hanuzga qadar mukammal
tarzda tadqiqot etilmagan. O‘zbekiston iqtisodiyotida, xususan ayollar ijtimoiy
faolligi oshganligini so‘nggi 4 yil ichida keskin sur’atda oshdi. Davlatimiz
tomonidan amalga oshirilayotgan buyuk islohotlarda sharqona milliy
mafkuramizni tiklash va unga sayqal berish ustuni, tarbiya maskani, mehroqibat bulog‘i, ezgulik beshigi bo‘lgan – mahallalarimizning fuqarolik jamiyati
instituti asosini tashkil etuvchi alohida o‘ringa ega ekanligini ilmiy asoslash
asosiy maqsad etib belgilandi.