Published September 20, 2022
| Version v1
Journal article
Open
SINFDAN TASHQARI OʻQISH DARSLARIDA BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
Authors/Creators
Description
“Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisida“gi Nizomda ta’kidlanganidek: “Boshlangʻich ta’lim oʻqish, yozish, sanash, oʻquv faoliyatining asosiy malaka va koʻnikmalari, ijodiy fikrlash, oʻzini-oʻzi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiyena va sogʻlom turmush tarzi asoslarining egallab olinishini ta’minlashga da’vat etadi”. Shu asosga koʻra, boshlangʻich sinflarda oʻquvchilarning umummadaniy va axloqiy koʻnikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantirilishi lozim.