O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI HARBIY-TEXNIK INSTITUTI HARBIY VATANPARVARLIK - YUKSAK ISHONCH VA SADOQAT TIMSOLI
Description
Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk sarkarda va shoir. Buyuk sarkardaning harbiy iste'dodiga oid sinchiklab o'rganiladigan jihatlar ko'p. Urushning salbiy oqibati, bek va zobitlarning xiyonatkorligi, maqsadsiz urush — umr zavoli ekanligi, harbiy safarbarlik sirlari, oddiy askar jasorati va unga Boburning munosabati, qal'a qurish san'ati va uni berkitish muammosi, qo'rg'onning joyini tanlash sirlari, muhoraba olib borishda joyning strategik ahamiyati, armiya va ozuqa zaxirasi, asirga munosabat, harbiy hiylalar va uni o’ nida qo'llash, razvedka va parol, muhorabani boshqarishda shaxsning mavqeyi, davlat boshlig’ining yurt boshqarish layoqati va boshqa masalalar shular jumlasidan. Bular orasida eng diqqatga loyiq jihat — bu Zahiriddin Boburning jang maydonidagi shaxsiy jasorati mavzusidir. Ajdodlarimizning harbiy sohasagi boy tajribasini o'rganish, harbiy san'at tarixini chuqur bilish hozirgi davr uchun muhim ahamiyatga ega. Yoshlarda harbiy vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirishda, harbiy xizmatchilarning ma'naviyma'rifiy tayyorgarligini oshirishda bularning barchasi muhim rol o'ynaydi.