MAQSUD SHAYXZODA IJODIGA CHIZGILAR
Authors/Creators
Description
Annotatsiya: maqolada yozuvchining hayot yo‘li va ijodi haqida to‘xtalib o‘tiladi . Maqsud Shayxzoda – shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon,
pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Bokudagi doril-mualliminni
tugatgan (1925). Dastlab Darbanddagi l-bosqich ozarbayjon
maktabida, Boʻynoqdagi taʼlim va tarbiya texnikumida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.
1927-yilda aksilinqilobiy tashkilot aʼzosi sifatida hibsga olinib, 1928-yil fevralda
Toshkentga surgun qilingan. Shayxzoda Oʻrta Osiyo untining Sharq fakultetida qisqa
muddat oʻqigani (1928)dan keyin „Sharq haqiqati“ (1929—32), ʻʻQizil Oʻzbekistonʼ’,
ʻʻYosh leninchi’’ gazetalari (1932), „Guliston“ jurnali (1933—34) tahririyatlarida
xizmat qilgan. 1933-yil Bokudagi pedadodika institutining barcha kurslari uchun
imtihon topshirib, Fan qoʻmitasi qoshidagi aspiranturaga oʻqishga kirgan (1934). Ayni
paytda Til va adabiyot institutida ilmiy xodim boʻlib ishlagan (1935—38). 1938-yildan
umrining oxiriga qadar dastlab kechki, soʻngra kunduzgi pedagogika institutlarida
oʻzbek adabiyoti tarixidan maʼruza oʻqigan.