O'ZBEKISTONDA KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH
Authors/Creators
Description
Abstract: O’zbekiston Respublikasida kambag’allikni qisqartish borasida turli
xil chora-tadbirlar ko’rilmoqda. Qashshoqlashish, kambag'allashish muammosini
oldini olish, aholi bandligini ta'minlash, ularning tadbirkorlikka oid intilishlarini
rag'batlantirish iqtisodiy islohotlarni ro'yobga chiqarishning muhim kaliti
hisoblanadiki, pirovardida aholi farovonligi yaxshilana boradi. Shu o'rinda ta'kidlash
kerakki, aholi daromadlardagi tengsizlik bozor tizimining belgisi bo'lar ekan, bu
tizimda kambag'allarning bo'lishi ob'ektiv hodisadir. Shu sababli kambag'allikni
tugatib bo'lmaydi, lekin uning miqyosi qisqarishi mumkin. Boisi kambag'allik
millatning sog'lig'i, mehnatga layoqati va ilmiy salohiyatiga putur yetkazadi.
Shuningdek, uning oqibati natijasida davlat byudjetining pasayishi va siyosiy
jarayonlarning keskinlashishiga sabab bo'ladi.