INSON VA FUQARO HUQUQLARINING UMUMBASHARIY AHAMIYATI
Authors/Creators
Description
Inson va fuqaro huquqlarini himoya qilish nafaqat ma’lum bir davlat
miqyosida, shuningdek xalqaro miqyosda ham har doim keng ahamiyat beriladi. Inson
huquqlarini himoya etishga qaratilgan ko‘plab deklaratsiya, xartiya va bitimlar qabul
qilingan bo‘lib, ularda inson va uning haq-huquqlarini qanday qilib himoya qilish
qoidalari, me’yorlari mustahkamlangan. Totalitar tuzum hukmronlik qilgan yillarda
O‘zbekistonda inson huquqlariga tegishli bo‘lgan xalqaro hujjatlar haqida deyarli hech
narsa deyilmas edi. Bugungi qonunlarimiz rivojlangan mamlakatlar tajribalari asosida
xalqaro huquq qoidalari talabiga javob beradigan darajada qabul qilinmoqda. Shuning
uchun ham bugungi kunda inson huquqlari me’yorlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi
tarixini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda