TILSHUNOSLIKDA MA'NODOSH SO'ZLARNING INGLIZ VA O'ZBEK TILIDA O'XSHASH VA FARQLI JIHATLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqola ingliz va o’zbek tillarida ma’nodosh so’zlar va ularning
struktural, semantik ma’nolari, olimlarning ushbu mavzuda bildirgan fikrlari tahlil
qilinadi. Kirish qismi ushbu maqolaning umumiy ma’nosini ochib beradi, ya’ni
ma’nodosh so’zlarning yasalishi, tilshunoslikning frazeologizm sohasida tutgan
o’rni haqida fikr yuritiladi. Adabiyotlar tahlil qismida qaysi o’zbek va ingliz
tilshunos olimlari ushbu sohada tadqiqotlar olib borganligi, ilmiy ishning bazasini
yaratilishida asos bo’lib xizmat qilgan manba adabiyotlar to’g’risida fikr yuritiladi.
Metodlar va nazariy asoslar qismida ma’nodosh so’zlar haqida olimlarning fikrlari,
ularning o’rganish metodlari, bir-biriga mos va qarama-qarshi fikrlar tahlil qilinib,
ushbu fikrlarga umumiy xulosalar beriladi. Maqolaning asosiy yutuqlaridan birini
ko’rsatib beruvchi qism bu natijalar qismi bo’lib, ushbu qismda ingliz tilidagi
ma’nodosh so’zlarning o’zbek tilida ifoda usullari ko’rib chiqiladi. [1]