KIMYO FANINI O`QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH, HAMDA STEAM METODI HAQIDA TUSHUNCHA BERISH
Authors/Creators
Description
Farzand- barkamol avlod orzusi komil inson tarbiyasi hamma jamiyatlarda
va hamma zamonlarda doimiy dolzarb masala bo’lib kelgan.
Mamlakatimizda Prezident rahbarligida ta’lim va tarbiya sohasida katta
bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Yurtboshimiz tashabbuslari bilan
amalga oshirilayotgan ta`lim sohasidagi islohotlar natijasida, ta`lim va tarbiya
uzviyligi, ta`lim jarayonining kompetensiyaviy yondoshuvda tashkil etilishi
alohida e’tiborga molik. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz
farovonligini yanada yuksaltirishdir. Bir so’z bilan aytganda, farzandlarimizga
umumiy ta’lim bilan birga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo’lish imkonini
beradigan, eng yaxshi o’quv vosita bilan ta’minlangan ta’lim muassasalrida eskidan
qolgan o’qitish usullarining yuritilishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Shunga ko`ra
barcha fanlarni o’qitishda zamonaviy pedagogik o’qitish texnologiyalaridan hamda
interfaol dars usullaridandan foydalanish, kоmpеtеnsiyaviy yondоshuv аsоsidа
shаkllаntirilgаn DTS ni аmаliyotgа jоriy etish, tа`lim-tаrbiya jаrаyonining bоshqа
tаrkibiy qismlаri: o`qitish mеtоdlаri, vоsitаlаri vа shаkllаriga innоvasiya kiritish
оrqаli mоdеrnizasiyalаshni tаlаb etаdi.