Published May 31, 2022
| Version v1
Journal article
Open
YERNING BIOLOGIK XILMA-XILLIGINI SAQLASH MUAMMOLARI
Authors/Creators
Description
Biologik xilma-xillik - sayyoramizda yashaydigan barcha hayot shakllarining yig'indisidir. Aynan shu narsa sabab Yer Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. Biologik xilma-xillik - hayot va uning jarayonlarining boyligi va xilma-xilligi, shu jumladan tirik organizmlarning xilma-xilligi va ularning genetik farqlari, shuningdek, yashash joylarining xilma-xilligi hisoblanadi. Biologik xilma-xillik uchta ierarxik toifaga bo'linadi: genetik xilma-xillik, turli turlar va ekotizimlar o'rtasidagi bioxilma-xillik.