Published May 25, 2022
| Version v1
Conference paper
Open
FARG'ONA SHAHAR INFRASTRUKTURASIDA MANZARALI O'SIMLIKLARNING TUTGAN O'RNI VA RO'LI.
Authors/Creators
- 1. FDU dosenti
- 2. Ekologiya yo'nalishi magistri
Description
Daraxt va butalarning fitonsidlik xususiyatlarini hisobga olmasdan ularning sog‘lomlashtirish funksiyasini to‘la tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘simliklar o‘zidan organik birikmalar chiqaradi, ular zararli mikroorganizmlarni yo‘qotib, atrof-muhitga va inson organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shahar havosi tarkibida ochiq daladagiga nisbatan ko‘p miqdorda kasallik tarqatuvchi mikroblar mavjud. Hiyobon va istirohat bog‘larida ko‘chalardagiga nisbatan bakteriyalar miqdori kam bo‘ladi.