TAKSONONOMIYA TERMINI HAQIDA
Authors/Creators
Description
Taksonomiya [yun. taxis — tartib bilan joylashish + nomos + qonun] butun borliqning murakkab, odatda, iyerarxik tuzilmali sohalarini (jonli tabiat, Yerning tuzilishi; geografiya, geologiya, tilshunoslik, etnografiya va sh.k. ning obyektlarini) tasniflash va tartibga solish nazariyasi, shu haqdagi fan[1]. Fanda taksonomiya tushunchasi birinchi marta biologiya sohasida paydo bo‘ldi (bu atama 1813-yilda shvetsariyalik botanik, o‘simliklarning tasnifini ishlab chiqqan O.Dekandol tomonidan taklif qilingan. Uzoq vaqt davomida taksonomiya atamasi biologiyada tasniflashning sinonimi sifatida ishlatilgan.[2]