INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA O`ZLASHGAN NEOLOGIZMLAR TAHLILI ("STIV JOBS" ASARI MISOLIDA)
Authors/Creators
Description
Mazkur ilmiy maqoladan ko‘zlangan maqsad o‘zbek tiliga
ingliz tilidan kirib kelgan bir nechta so‘zlarni tahlil qilishdan
iborat. Bir qancha tilshunos olimlarimiz tomonidan
leksikologiyani tadqiq etish borasid a bir qancha vazifalar
belgilangan bo’lib, keyingi vazifa o’zbek tilining sistemaviy
lug’atini yaratish etib rejalashtirilgan. Ushbu maqola esa namuna
sifatida bir qancha o‘zbek tilidagi inglizcha neologizmlarning asli
va hozirgi qo‘llanilish doirasi hamda shu kabi jihatlarini ochib
beradi. Bunda maqola o‘rganish obyekti etib Uolter Ayzekson
qalamiga mansub “Stiv Jobs” asari orqali o‘zlashgan so‘zlar –
neologizmlar olindi. O‘zbek tilidagi inglizcha o‘zlashmalarni
tahlil qilish ishning predmeti hisoblanadi. Materiallar, asosan, eski
va yangi nashrdagi ―O‘zbek tilining izohli lug‘atidan hamda bir
necha turdagi lug‘atlardan to‘plandi. Ishga nazariy manba sifatida
tilshunosligimizda bajarilgan monografiya va ilmiy maqolalar
dan foydalanildi.