TA'LIM JARAYONLARIDA EKOLOGIK TA'LIM TARBIYANI SHAKLLANTIRISHNING ZARURIYATI
Description
Bizga ma’lumki bugungi kunga kelib ekologiya va atrofmuhit muhofazasiga oid bilimlarni insonlarga, o‘sib kelayotgan yosh avlodlarga yetkazish davlatimiz tomonidan belgilangan eng ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ekologik bilimlarni yana ham boyitish uchun avvalo oiladagi muhit, ekologik ta’lim, tarbiyaning milliy qadriyatlarimizning shuningdek ta’lim jarayonlarida ekologik bilim berishning ahamiyati nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligini unutmasligimiz zarur. Negaki, inson ona tabiatsiz yashay olmaydi va rivojlanmaydi. Bu esa o‘z o‘rnida yuqorida keltirganimizdek, har bir shaxsda xususan, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida ekologik bilimlarni muntazam tartibli va uzviy holda berib borishni talab etadi.