Published April 16, 2022 | Version v1

ABDULLA ORIPOV SHE'RIYATIDA TABIAT LIRIKASI

  • 1. O'zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 47 maktabning Ijodiy -madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi va adabiyot fani o'qituvchisi

Description

O’zbek xalqining zabardast vakili Ko’hna Kesh farzandi , adabiyot gulshanining qaynarbulog‘i Abdulla Oripovning bugungi kunda ham yod etaslik, uning she’rlariga murojaat etmaslik mumkin emas. O’z xalqini erkini  g’ururini kuylagan shoir o’zbekning eng soddadil, samimiy, xushfe’l dilkash insoni edi. Uning she’riyatida tog’liklarga xos tantilik bag’rikenglik jo’sh urganligi har bir kitobxon qalbiga tog’ havosini, oddiy qishloq manzarasini ,keng vodiy-u yaylovlarni aks etttiradi. Go’zal va serjilo vohaning bag’rida voyaga yetgan, ona tabiatning betakrorligi va go’zalligidan ilhomlangan, soda va mehridaryo insonlar ichida kamolga yetgan serqirra ijodkor, o’zining porloq she’rlari bilan bashariyat ko’ngliga kirib borgan O’zbekiston Qahramonidir. Shoir o’z ijodi va o’z usuli, o’z tuyg’ulari bilan she’riyatga kirib kelgan ijodkordir. Abdulla oripovning har bir she’rida o’ziga xos hayot falsafasi, katta bir ibratomuz fikrlar yotadi.Abdulla Oripov she’rlarida tevarak atrofdagi oddiy narsa hodisalarda ham qat-qat ma’no mavjudligi , har bir tirik jon ming bir tashvish ,g’am, shodlik,quvonch girdobida yashashini ko’rsatadi.Uning “Yurtim shamoli ”, “Ona sayyora”,”Bahor she’rlari ” ana shunday she’rlar turkumiga mansub.

Files

Abdinazarova Maftuna Bahodir qizi.pdf

Files (112.6 kB)

Name Size
md5:f5bf5c8ddb9639ab8bc96b422510cb1c
112.6 kB Preview Download