SIL KASALLIGI (TUBERKULYOZ) - SABABLARI, ALOMATLARI, DAVOLASH VA OLDINI OLISH
Authors/Creators
Description
Sil kasalligi, tuberkulyoz (lot. tuberculum — do’mboqcha)
— Mycobacterium tuberculosis complex guruhi mikobakteriyalari tomonidan
chaqiriladigan dunyoda keng tarqalgan infektsion kasallik. Bakteriya odatda o’pkani
shikastlaydi. Kasallik nafaqat salomatlik, balki ijtimoiy holatga ham bog’liq: sil
qo’zg’atuvchisiga immuniteti pasaygan, to’yib ovqatlanmaydigan, gigiena
standartlariga rioya qilmaydigan va kambag’al ijtimoiy sharoitlarda yashaydigan
kishilar eng ta’sirchandir. Biroq, sil yoshi va jinsidan qat’iy nazar butun aholi
qatlamiga xavf tug’diradi.