Published April 14, 2022 | Version online

AZOTLI OʻGʻITLAR ISHLAB CHIQARISH VA ULARNING AHAMIYATI.

  • 1. Fargʻona politexnika instituti 2-kurs
  • 2. Fargʻona politexnika instituti 1-kurs

Description

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni kimyo sanoatini isloh qilish bo'yicha istiqbolli rejalar hamda joriy yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi. Yurtimizda ishlab chiqarish mumkin bo'lgan, murakkab tarkibga ega bo'lmagan kimyo mahsulotlari chetdan olib kelinmoqda. Eksport strukturasi diversifikatsiya qilinmagan, bunda hanuzgacha mineral o'g'itlar ulushi juda katta. Mineral oʻgʻitlarning samaradorligi juda yuqori. Hisob-kitoblarga qaraganda, gʻoza 1 t paxta hosili toʻplash uchun sof 30–70 kg azot, 10–20 kg fosfor, 30–60 kg kaliyni oʻzlashtiradi. Ekinlar umumiy hosildorligining taxminan 50% oʻgʻitlarni qoʻllash, 25% nav afzalliklari va 25% yetishtirish texnologiyasi orqali taʼminlanadi. Toʻgʻri nisbatlarda qoʻllanilgan NPK Mineral oʻgʻitlarning har bir kg oʻrtacha 10 kg gʻalla yoki shunga ekvivalent boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini beradi. Oʻzbekistonda azot, fosfor va kaliyni qoʻllashning eng yaxshi nisbati 1:0,75:0,35 qilib belgilangan.

Files

Haydarova Zaynabxon Akramjon qizi.pdf

Files (720.0 kB)

Name Size
md5:ef942387fb7d4181c575a0fc8beef480
720.0 kB Preview Download