"YOSH GANDBOLCHILARDA MAXSUS TEZKORLIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH USULLARI"
Authors/Creators
- 1. Bektemir tumani 291-IDUM Jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi
Description
Tadqiqotning maqsadi: Yosh Gandbolchilar misolida keskin o’zgaruvchan
yo’nalishlarda to’psiz va to’p bilan yugirish tezligi xamda darvozaga qanchalik
to’g’ri otishini tajriba asosida o’rganishga bag’ishlangan. Gandbolda keskin
o’zgaruvchan vaziyatlar va raqib yoki raqiblar qarshiligi ta’sirida qayd etilgan
xarakatlarini mahorat bilan bajara olish muvofiq vaziyatli mashqlar yordamida
shakllantirishdir. Bu borada Prezidentimiz 2017 yil 3 iyundagi "Jismoniy tarbiya va
ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidag"gi PQ3031-sonli
qarori ijrosini ta'minlash maqsadida qaror qabul qilindi. Bunda Jismoniy tarbiya va
sport soxasining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash, zamonaviy sport
komplekslarini qurish, ularni zamonaviy sport uskunalar va anjomlar bilan
ta'minlash, maskur soxada xususiy sektorlarni rivojlantirish; Jismoniy tarbiya va
sport soxasida kadrlarni tayyorlash,ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo'llab quvvatlash xamda sport maktablarini
yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan ta'minlash; Ta'lim
muassasalari o'quvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari o'rtasida
sog'lomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks
sport musobaqalarini o'tqazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish
va ularni maqsadli tayyorlash; Aholi o'rtasida sog'lomlashtirish ishlarini tashkil etish
bo'yicha amalga oshiriladigan tadbirlarni amalga oshirish; Yoshlar orasidan
oqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini rivojlantirish bo'yicha amalga
oshiriladigan chora-tadbirlarini ishlab chiqildi.