Published March 31, 2022 | Version v1

O'TKIR PIELONEFRITNING AHAMIYATI VA DAVO CHORALARI

  • 1. Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti, Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti 3- kurs talabasi

Description

 Annotatsiya.  O’tkir  pielonefrit  –  buyrak  xastaliklari  orasida  eng  keng 
tarqalgan kasallik. Bu xastalik 100 000 aholidan 100 tasida aniqlanadi. Ko‘proq, 
o‘smir  qizlarda  va  yosh  ayollarda  uchraydi.  Shuningdek,  homiladorlikda  ham 
kasallik rivojlanishi uchun  qulay sharoit yaratadi. yuqori siydik chiqaruv yo‘llari 
infeksiyasi hisoblanib, unda buyraklarning jomchalari, kosachalari, parenximasi va 
interstitsional  to‘qimasi  yallig‘lanadi.  Yallig‘lanish  yuqori  siydik  yo‘llariga 
infeksiya  tushishidan  kelib  chiqadi.  Yuqori  siydik  yo‘llariga  infeksiya  tushishi 
pastdan yuqoriga ko‘tarilishi bilan va qon orqali (gematogen yo‘l) tarqaladi. Siydik 
infeksiyasining  sababi  75%  hollarda  ichak  tayoqchasi  bakteriyasi  hisoblanadi. 
O’tkir  pielonefrit  uchun  kasallikning  to’satdan  namoyon  bo’lishi  va  tana 
haroratining 39-40 °C gacha oshishi xosdir. Gipertermiya ko’p terlash, ishtahaning 
yo’qolishi, tashnalik, tez-tez siyish, kuchli holsizlik, bosh og’rig’i, ba’zan ko’ngil 
aynishi va qayt qilish bilan birga kechadi. Haroratning ko’tarilishi bilan bir vaqtda 
bel sohasida o’tmas og’riq (odatda bir tomonlama) paydo bo’ladi.

Files

415-419.pdf

Files (540.2 kB)

Name Size
md5:959f8fe887171e2995d353f07ad8169e
540.2 kB Preview Download