TURK TILIDA TA'ZIYA BILAN BOGʻLIQ HAMDARDLIK MA'NOSINI IFODALOVCHI BIRLIKLAR TALQINI
Authors/Creators
Description
Annotatsiya.
Insonlar ma’lum bir vaziyat masalan, ishdan ayrilish, oilaning buzilishi, biznesda
inqrozga uchrash, yutqazish, ma’raka, yaqin insonini vafoti kabi paytlarda hamdarlikni
ma’lum ibora, birikma va soʻzlar bilan izhor etishadi. Turkiya madaniyatida ham
birovning qarindoshi vafot etganida aytiladigan qolip birliklar bor. Biror kishining
qarindoshi olamdan o'tganida ta'ziya bildirish o'sha insonlar bilan birga ekanligingizni va
ularni qo'llab-quvvatlashingizni anglatadi. Bunday kunlarda odamlar juda g'amgin
bo’lishadi. Shu sababli ular bilan birga bo'lish, dardlarini baham ko'rish do'st sifatida
qilish to'g'ri ishdir.
Ushbu maqolada turk tilidagi ta’ziya davrida ta’ziya egalariga bildiriladigan
hamdarlik ma’nosini anglatuvchi birliklarni talqin qilamiz. Ta’ziya va janoza egalariga
bildiriladigan turkcha birliklarni bir oraga toʻplab, ularni talqin qilishni joiz deb bildik.
Bu birliklar turkchada umumiy qilib “Baş sağliği sözleri” deb nom berilgan. Buning
bilan birga, nazokat ifodasi kuchaytirish, insonlar uchun yaqinlikni bildirish maqsadida
yana ham nozikroq va samimiyroq shaklda ta’ziyalarini bildirish mumkinki, ularning
asosiylarini ushbu maqolaga toʻplashga harakat qildik.