Published March 20, 2022 | Version v1

BOSHLANGICH SINFLARDA SAVOD O'RGATISH JARAYONIDA CHIROYLI YOZUV MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH

  • 1. Farg'ona viloyati Farg'ona tumani 6-maktab Boshlang'ish sinf o'qituvchisi

Description

Annotatsiya: Savod o'rgatish jarayonida o'quvchilar o'qishga o'rganish  bilan  parallel  ravishda  yozuvdan  ham  elementar malaka  hosil  qiladilar.  Dasturga  muvofiq  o'quvchilar  yozuvdan  quyidagi malakalarni egallashlari lozim:  Partada  to’g’ri  o'tirish,  daftarni  to’g’ri  qo'yish,  chiziqlarni  chamalash, yozayotganda ruchkadan to'g'ri foydalanish, xoshiyaga rioya qilish.  Ish  daftari  yoki  alifbe  asosida  o'zbek  alifbosidagi  barcha  katta  va  kichik harflarni yozish, shuningdek, harflarni so'zda bir-biriga bog'lab yoza olish: bosma matnni yozma matnga aylantirib yozish. Tahlil qilingan so'z va ikki-uch so'zli gaplarni o'qituvchi yordamida yozish. Talaffuzi  bilan  yozilishida  farq  qilmaydigan  so'zlarni  ko'chirib  yozish  va diktovka bilan yozish: yozganlarini matnga qarab, shuningdek, izoxlab o'qish bilan tekshirish. Og'zaki tuzilgan hikoyadan olingan gapni yozish.

Files

Abduraxmonova Aqidaxon Ergashevna.pdf

Files (283.2 kB)

Name Size
md5:d680093e2752cc868a11455e2d017e55
283.2 kB Preview Download