Published March 18, 2022 | Version v1

YORDAMCHI SO'Z TURKUMLARI HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT (KO'MAKCHILAR HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT)

  • 1. Andijon viloyati Buloqboshi tumani 11-sanatoriya maktab internatining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

Description

 Annotatsiya:  Ot,  olmosh  va  otlashgan  so’zlar,  harakat  nomi  va 
sifatdoshlardan  keyin  kelib,  ularning  boshqa  so’zlarga  munosabatini  bildirgan 
yordamchi so’zlar ko‘makchilardir. Masalan: Xadicha xola Baxrobod qishlog’ida 
kichik o’g’li Obidjon bilan turar edi.Sen uchun kitob olib keldim. 
          Ko’makchilar vazifasiga ko’ra kelishiklarga o’xshaydi. Ba’zan ko’makchilar 
kelishiklar  bilan  bir  xil  vazifada  kelib,  biri  ikkinchisining  o’rnida  ishlatiladi. 
Masalan:  qo’l  bilan  ko’tardim.    Qo’lda  ko’tardim(vosita  ma’nosi).  Jahonda 
dong’imiz paxta orqali.  (G’afur G’ulom.)  Jahonda dong‘imiz paxtadan (vosita yoki 
sabab  ma’nosi).  Maktab  uchun  mebel  olindi.  Maktabga  mebel  olindi  (atalganlik 
ma’nosi). Lekin ko‘makchi bilan kelishik bir narsa emas. Buni quyidagi misolda 
ham  ko‘rish  mumkin:  Paxta  uchun  kurash  –  paxtaga  kurash  birikuvlarida  uchun 
ko‘makchisini jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga bilan almashtirib bo’lmaydi .  

Files

4-8.pdf

Files (620.4 kB)

Name Size
md5:e73f0cce1cd6cc8891618bfd82582727
620.4 kB Preview Download