Published March 11, 2022 | Version v1

MIRZO ULUG'BEK- BUYUK O'ZBEK ASTRONOMI

  • 1. Termiz davlat universiteti Pedagogika instituti talabasi

Description

Anatatsiya: Dunyo astronomiya fani taraqqiyotida o’rta asr Sharq astronomiyasi, jumladan, Markaziy Osiyo olimlarining faoliyati alohida o’rin tutadi.Bu davrda ayniqsa, Quyosh,Oy va sayyoralarning harakat nazariyasi, amaliy astronomiyaning vaqt va joyning geografik koordinatalarini aniqlashga doir masalalari bo’yicha O’rta Osiyo, xususan, o’zbek allomalari juda boy meros qoldirdilar. Bu davrda musulmon mamlakatlarning yuzlab buyuk mutafakkirlari astronomiya, matematika va falsafa fanlari bo’yicha tadqiqot ishlari bilan mashg’ul bo’ldilar.Ular ichida: Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al- Farg’oniy,Abu Nasr al- Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Abu Mahmud Hamid al-Xo’jandiy,Nasuriddin at-Tusiy, Mahmud al-Chag’miniy, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy va Mirzo Ulug’bek kabi mashhur siymolar o’z ijodlari, ilmiy meroslari bilan Markaziy Osiyo xalqlarininggina emas, balki dunyo xalqlarining boyligiga aylanib, bugun jahonning barcha ellari orasida hurmat bilan tilga olinadilar.Ushbu maqolada ana shunday buyuk’ allomalardan biri buyuk astronom Mirzo Ulug’bek  haqida so’z ketadi.

Files

Jumayev Dilshodbek Yo’ldosh O’g’li.pdf

Files (379.6 kB)

Name Size Download all
md5:1a7fc77db5c2b212568782e1334f8768
379.6 kB Preview Download