Published February 26, 2022 | Version v1

NEFT VA GAZ PAYDO BO`LISHINING MAGMATIK NAZARIYASI

Description

1950-yilda  professor  N.A.Kudryavsev  neft  hosil  bo'lishining magmatik farazini ilgari surdi. Uning  fikricha,  katta  chuqurliklarda  -  Yer  mantiyasida  juda  yuqori haroratli sharoitlarda uglerod va vodorod, uglevodorod radikallari – CH 3 , C 2 H 5  va C 3 H 8  ni  hosil  qiladi.  Bosimning  farqi  natijasida  ular  mantiya  moddalari  bo'ylab chuqurlikdagi  yoriqliklar  zonasiga  o'tadi  va  shu  yoriqliklar  bo'ylab  yuqoriga,  yer sirtiga yaqin ko'tariladi. Yuqori qatlamlarda harorat pasayib borgan sari bu radikattar 
o'zaro va vodorod bilan birlashadi. Natijada turli murakkabroq neftli uglevodorodlar hosil bo'ladi. Ularga uglerod oksidi va vodorodning reaksiyasidan hosil bo'lgan uglevodorodlar (bu reaksiyalar sanoatda sun'iy benzin olishda qo'llaniladi), shuningdek, 
M.Bertlo,  D.I.Mendeleyev  va  boshqalar  ko'rsatgan,  turli  metal  karbidlari  va  suv reaksiyasidan hosil  bo'lgan uglevodorodlar qo'shiladi. N.A.Kudryavsev  fikricha, turli reaksiyalarning bo'lishi hosil boladigan  uglevodorodlarning o'ta xilma-xil 
bo'lishini ta'minlaydi, bularning aralashmasi asosan esa tabiiy neftni tashkil etadi. Uglevodorodli gazlarni va neftlarni keyingi harakatlari ular Yer sirtiga yoki cho'kindi qoplamaning o'tkazuvchi jinslariga, ba'zan ular bilan chegaradosh bo'lgan kristall 
jinslardagi  tutqichlarga  olib  keladi.  Uglevodorodlarning  harakati  (migratsiyasi)  suv bilan to'la yoriqlar bo'ylab yuz beradi, paydo bo'ladi, bu harakatning sababi neft hosil bo'lgan  joylardagi  va  cho'kindi  qatlamlardagi  bosimlarning  katta  farq  qilishi, 
shuningdek, suv va neft zichliklarining farqidir. 

Files

305-307.pdf

Files (594.6 kB)

Name Size
md5:74ceb97efb8c351229157be5bfdbe35f
594.6 kB Preview Download