Published February 20, 2022 | Version online

Amir Temur va uning uch piri

  • 1. Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining talabalari
  • 2. Buxoro davlat universiteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi

Description

Shavkatli bobomiz Amir Temur shaxsi haqida  so’z ketsa, aksari Sharqu G’arb tarixchilari ko’proq ul zotning hukmdorlik salohiyati, ilmi harb va jahongirlik borasidagi mislsiz iste’dodi xususida fikr yuritishni ma’qul ko’radi. Aslida, sohibqiron bobomiz har jihatdan zamonasining komil kishisi bo’lib, nafaqat saltanat va siyosat bobida, balki insoniy munosabat, ilm va ma’naviyat masalasida ham beqiyos fazilatlar sohibi edi. Masalan, hazrat Alisher Navoiy «Majolisun nafois» tazkirasining yettinchi majlisida jahongirning buyuk ma’naviyati, xususan, so’z va nazmni his etish iqtidori haqida bunday yozadi: «…agarchi nazm aytmoqqa iltifot qilmaydurlar, ammo nazm va nasrni andoq xo’b mahal va mavqeda o’qibturlarkim, aningdek bir bayt o’qug’oni ming yaxshi bayt aytqoncha bor».

Files

Belorus.pdf

Files (1.2 MB)

Name Size
md5:72cc643105cc71def7632562024390e5
1.2 MB Preview Download