Published February 3, 2022 | Version v1

HARBIY VATANPARVARLIK TARBIYASI VA YOSHLAR

Authors/Creators

  • 1. Harbiy ta'lim fakulteti boshlig'ining o'rinbosari – umumqo'shin tayyorgarlik sikli boshlig'i, podpolkovnik

Description

Mamlakatimiz mudofaasini mustahkamlash masalalarini muvaffaqiyatli xal etish yoshlar tarbiyasi, siyosiy ongi, mexnat faoliyati va ilmiy-texnika rivojlanishi tezligi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Ona zaminga avlod-ajdodlar yaratgan meroslar asrlar davomida shakillangan milliy qadriyatlar va tajribalarga tayaangan holdagina vatanparvar yoshlarni tarbiyalash munkin.

Tarbiyalash – bu insonlarni jamiyat mehnat yoki boshqa foydali faoliyatiga, shu bilan birga ko‘p qirrali ijtimoiy vazifalarni bajarishga tayyorlashning ob’ektiv asoslangan jarayonidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev aytib o‘tganlaridek: "Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda".

Yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy qadriyatlar, shuningdek milliy mafkura asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Yoshlarda mafkuraviy tushunchalar bilan tarbiyalanar ekan, ularda dastlab vatanparvarlik ruhini shakllantirmoq muhim. Zero, milliy qadriyatlar halqimizning azaliy an’nalari, udumlari, ona tili, ruhiyatiga asoslanib, ertangi kuniga ishonch uyg‘otadi. Insonlar o‘rtasida mehr-oqibat, insof, diyonat, adolat, ma’rifat, vatanparvarlik tuyg‘ularini paydo qiladi.

Files

65-68.pdf

Files (599.6 kB)

Name Size
md5:cd6d354d5657c959a21c17c44bf50097
599.6 kB Preview Download